Tun kulgisi!.. (15-qism)

Tun kulgisi!.. (15-qism)

Milisiya xodimi uyini o‘g‘ri urgan ayoldan so‘radi:

— Uyingizni o‘g‘rilar ag‘dar-to‘ntar qilib tashlagan bo‘lsa, nega kech xabar berdingiz?

— Men oldiniga erim toza ko‘ylak qidirganmikan deb o‘ylabman.

 

***

 

Teatr. Tomoshabinlar o‘z joylarini egallashmoqda. O‘rindiqlardan birida erkak oyoqlarini qo‘shni o‘rindiqqa, qo‘llarini yana boshqa bir o‘rindiqqa qo‘yib olgancha o‘tirardi. Joy egasi kelib dedi:

— Kechirasiz, bu joy meniki edi. Oyoq-qo‘llaringizni yig‘ishtirib olasizmi?

Jimlik.

— Menga qarang, joyni bo‘shating!

Jimlik.

Joy egasi uning yoqasidan g‘ijimlab baqirdi.

— Vey, eshitayapsanmi? Joyni bo‘shat dedim! Qayerdan kelib qolding o‘zi sen yaramas?

Erkak sekin ko‘zlarini ochdi-da, bazo‘r shivirladi.

— Balkondan tushdim...

 

***

 

— Professor talabadan nimasi bilan farqlanadi?

— Professor — bu barcha imtihonlarni allaqachon topshirib bo‘lgan talaba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!