Tramp prezidentlik davrida boyligining qancha qismidan ayrildi?

Tramp prezidentlik davrida boyligining qancha qismidan ayrildi?

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning boyligi 2021 yil mart oyining o‘rtalariga kelib, u prezidentlik qilgan davri boshidagi 3 milliard dollardan 2,3 milliard dollargacha kamaygan. Bloomberg agentligining hisob-kitoblari keltirilgan Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deb yozadi Tengrinews.

Agentlik Trampning AQSh prezidenti bo‘lishidan oldingi va keyingi boyligini hisoblash uchun 2016 yil mayidan 2021 yil yanvarigacha yuritilgan moliyaviy va boshqa hujjatlarni tahlil qildi. Trampning boyligi 2020 yil avgustida pasayishni boshlagan, 2021 yil yanvarida esa 2,45 milliard dollarni tashkil qilgan hamda martning o‘rtalariga kelib 2,33 milliard dollarga tushgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp boyligining to‘rtdan uch qismi tijoriy ko‘chmas mulkka to‘g‘ri keladi. Koronavirus pandemiyasi tufayli odamlar ko‘proq uydan ishlagani sababli Trampning o‘zi yoki hamkorlikda egalik qiladigan ofis binolari qiymati keskin tushib ketdi. Agentlikning yozishicha, Trampning tijoriy ko‘chmas mulki qiymati 1,7 milliard dollarga baholanmoqda, 2016—2021 yillarda uning bahosi 26 foizga pasaygan.

Bundan tashqari, Tramp ko‘plab mehmonxona va kurortlarga egalik qiladi yoki boshqaradi, shuningdek, unga tegishli kompaniya 19 ta golf maydonchasini boshqaradi.

Ma’lumot uchun, AQShning 45-prezidenti Donald Tramp ushbu lavozimda 2017 yil 20 yanvardan 2021 yil 20 yanvargacha faoliyat yuritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!