Tramp ma’muriyati 43 davlat, jumladan, Rossiya va Belarus fuqarolari uchun mamlakatga kirish qoidalarini qat’iylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Bu haqida The New York Times xabar bermoqda.
Nashrning manbalariga tayanib yozishicha, AQSh Davlat departamenti tegishli tavsiya loyihasini ishlab chiqqan bo‘lib, unda 43 davlat uchta toifaga – “qizil”, “to‘q sariq” va “sariq” bo‘lingan.
"Qizil" guruhga fuqarolarining AQShga kirishi qat’iyan man etiladigan 11 davlat kiradi. Bular Afg‘oniston, Butan, Kuba, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Sudan, Suriya, Venesuela va Yaman.
“To‘q sariq” toifaga fuqarolari viza berishda cheklov qo‘yiladigan 10 ta davlat kiradi. Bu mamlakatlarning faqat “yuqori daromadli biznesmenlari”ga Qo‘shma Shtatlarga kirishga ruxsat beriladi, ammo immigrasion yoki turistik vizalar bilan kiruvchilarga ruxsat berilmaydi. Bu guruhga Rossiya, Belarus, Eritreya, Gaiti, Laos, Myanma, Pokiston, Serra-Leone, Janubiy Sudan va Turkmaniston kirdi.
“Sariq” toifaga kiruvchi davlatlarga esa AQShni "xavotirga solayotgan" omillarni bartaraf etish uchun 60 kun muhlat beriladi. Agar bu talablar bajarilmasa, ushbu davlatlar to‘liq taqiq yoki qat’iy viza cheklovlari joriy qilingan davlatlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
The New York Times nashrigaga ko‘ra, rasmiy tavsiyalar kelasi hafta taqdim etilishi mumkin, shu bilan birga, yakuniy ro‘yxatning o‘zgarishi ehtimoli bor.