Toshkentning «Yangiobod» bozorida sotuvchilar sotilmay qolgan hayvonlarni o‘ldirmoqda

Toshkentning «Yangiobod» bozorida sotuvchilar sotilmay qolgan hayvonlarni o‘ldirmoqda

Toshkentda hayvonlar sotiladigan eng katta nuqtalardan biriga aylangan «Yangiobod» bozorida sotilmay qolgan jonivorlarni bozorga yoki uning tashqarisiga tashlab ketish odat tusiga kirgan, deb yozadi «Podrobno.uz». Tashlab ketilgan jonivorlar esa bir necha kun ichida vafot etadi. Ushbu vaziyatni nazoratga olishni so‘rab, «Mehr va Oqibat» nodavlat-notijorat tashkilotiga jamoaviy ravishda murojaat qilishdi.

Tashkilot a’zolari bozor direktori bilan uchrashdi. Direktor «Yangiobod» bozori hududida hayvonlarni sotish avval taqiqlangani, ammo sotuvchilar bu ish bilan bozor tashqarisida shug‘ullana boshlagani tufayli, trotuar va avtomobil yo‘llarida tartibsizliklar yuzaga kelganidan keyin ularni bozor hududida qoldirishga qaror qilinganini aytdi. Bunda sotuvchilarni bazaga kiritish va savdo maydoniga kuzatuv kameralarini o‘rnatish shart qilib qo‘yilgan.

«Mehr va Oqibat» vakillari barcha sotuvchilarni ma’muriy binoga to‘plab, ular bilan suhbatlar o‘tkazish va ijtimoiy roliklar namoyish etishni taklif qildi.

Ikkinchi bosqichda esa ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda hayvonlarni tashlab ketuvchilar va ularga shafqatsiz munosabatda bo‘luvchilarni javobgarlikka tortishga qaror qilishdi (bu kuzatuv kameralaridagi qaydlarni dalil qilgan holda amalga oshiriladi).

Bozor direktori ma’lumotlarni bir oy ichida taqdim etishga va’da berdi, suhbat esa yaqin dam olish kunlari o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!