Toshkentning 7 ta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirildi

Toshkentning 7 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi, deya xabar berdi Veolia Energy kompaniyasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, mutaxassislar tomonidan 2025-2026 yilgi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan 26 mart kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha quyidagilar issiq suvsiz qoldirildi:
• Yunusobod tumani bo‘yicha: A.Temur, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Mingo‘rik, A.Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, Shivli ko‘chalari, M-2, 4, 5, 6;
• Mirzo Ulug‘bek tumani: Mustaqillik, Hamid Olimjon ko‘chalari, M-1;
• Olmazor tumani: Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Nurafshon, Qoraqamish, Taxtapul, Muxbir, Q/Q ko‘chalari 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/1, 2/3, 2/4, 2/5;
• Shayxontohur tumani: Zulfiyaxonim, Labzak, M-12, M-15 ko‘chalari;
• Chilonzor tumani: Zargarlik, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Kichik halqa yo‘li, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Serquyosh, Usmur, Taxiatosh, Al-Xorazmiy, Qizil Sharq, Algoritm ko‘chalari, 5, 6, 8, 9, S, 10, 16, 17, 18, 19, 20 mavzelari;
• Uchtepa tumani: Lutfiy, Shirin, Shayxzoda, Katta Xirmontepa, Farhod ko‘chalari;
• Yakkasaroy tumani: Kichik halqa yo‘li, Bog‘ibo‘ston ko‘chalari.