Toshkentlik erkak kaltak yeb vafot etdi

Toshkentlik erkak kaltak yeb vafot etdi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 2018 yilning 14 noyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 13 noyabr kuni Tong dahasida yashovchi SH.M. mast holda Ramadon mahallasida o‘zaro janjal tufayli tanishi I.R.ning yuz va bosh qismlariga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha,  I.R. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. SH.M. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!