Toshkentdan Bokuga muntazam aviaqatnovlar soni oshirildi

A A A
Toshkentdan Bokuga muntazam aviaqatnovlar soni oshirildi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Bokuga muntazam aviaqatnovlar sonini oshiradi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent – Boku – Toshkent aviaqatnovlari haftasiga to‘rt marta – seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Shanba va yakshanba kunlari HY755 Toshkent – Boku va HY756 Boku – Toshkent qatnovlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.

Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) soat 07:35 da

Bokuga kelish mahalliy vaqt bilan (Boku) soat 09:30 da

Bokudan uchish mahalliy vaqt bilan (Boku) soat 10:30 da

Toshkentga kelish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) ertasi kuni soat 14:05 da

Toshkent – Boku yo‘nalishi bo‘yicha bagaj bilan aviachiptalar narxi 1 918 785 so‘mdan, Toshkent – Boku – Toshkent yo‘nalishida esa 3 874 470 so‘mdan boshlanadi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 28 martidan boshlab Ozarbayjon mamlakatga kelayotgan fuqarolar uchun COVID-pasportlarini taqdim etish talabini bekor qildi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, "UzAirways" mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!