Toshkentdagi talabalar yotoqxonalari karantin zonalariga aylantiriladi

Toshkentdagi talabalar yotoqxonalari karantin zonalariga aylantiriladi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, talabalar turar-joylari karantinda saqlash joylariga aylantiriladi.
 
Qarorga binoan, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuasida saqlanayotgan shaxslarni uy karantiniga hamda oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining talabalar turar-joylari bazasida tashkil etilgan karantinda saqlash joylariga o‘tkazish choralari ko‘riladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan karantinda saqlash joylariga moslashtirish uchun zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining ro‘yxati ishlab chiqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!