Toshkentdagi qaysi tug‘ruqxonalar koronavirusga chalingan homiladorlar uchun mo‘ljallangan?

Toshkentdagi qaysi tug‘ruqxonalar koronavirusga chalingan homiladorlar uchun mo‘ljallangan?

— Xotinim homilador. Avgustda ko‘zi yorishi kerak. Chilonzor tumanidagi 7-tug‘ruq kompleksiga yo‘llanma berilgan. Borsak, bu yer koronavirusga chalingan homilador ayollarni qabul qilishga mo‘ljallangan, deyishdi. Endi vaziyat qanday bo‘ladi? Qaysi tug‘ruqxonaga murojaat qilsak bo‘ladi? 

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva:

Toshkentda 3- va 7- tug‘ruqxonalar koronavirusga chalingan homiladorlar uchun mo‘ljallangan. Lekin bunaqa vaziyatda tegishli UASh va poliklikadagi akusher ginekolog yordam beradi. Ular bilan bog‘langan holda boshqa tug‘ruqxonaga yo‘llanma beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!