Toshkentda yong‘in: sabablar aniqlanmoqda

Toshkentda yong‘in: sabablar aniqlanmoqda

Bugun 9 avgust kuni soat 13:23 da poytaxtimizning Yashnobod tumani “Iltifot” MFY hududi atrofida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar FVB ma’lum qildi.

Yong‘in natijasida 200 kv.m maydonda quruq o‘t, shox-shabba hamda eski qurilish chiqindilari yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 13:28 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 14:13da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Hodisa sabablari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!