Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi

Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi

Kecha, 10 oktyabr kuni Toshkentning «Chinni bozori» - Qoraqamish 2/4 yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi «Mercedes-Benz Low Floor» rusumli 87-avtobusda yong‘in chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Yong‘in soat 14:52da avtobus Uchtepa tumanidagi Ko‘kcha Darvoza ko‘chasidan o‘tayotganda sodir bo‘lgan.

Tezkor harakatlar natijasida yong‘in 15:01da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida transport vositasining motor bo‘lmasi yonib ketgan.

Haydovchi va yo‘lovchilarga zarar yetmagan. Yong‘inga avtobusning yoqilg‘i tizimidagi buzilish sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.    

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!