O‘zbekiston Eksportchilari uyushmasi hamda Xitoyning CusGroup kompaniyasi bilan hamkorlikda 21-22-23 dekabr kunlari GOODY katta savdo binosining 5-qavatida joylashgan Markaziy Osiyo Mahsulotlar Ko‘rgazma va Savdo Markazida «O‘zbekiston- Xitoy Maishiy Mahsulotlari» ko‘rgazmasining o‘tkazilayotgani tadbirkor ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z mahsulotlari bilan tashqi bozorga chiqishga samarali qadam bo‘ldi. Ushbu ko‘rgazma ishtirokchilari sohalari quyidagilardan iborat: qishloq xo‘jaligi traktorlar, qog‘oz ishlab chiqarish uskunalari, bolalar kiyimlari to‘plamlari, o‘yinchoqlar, kosmetika, kuz-qish uchun ustki kiyimlar, kon tebranish ekranlari, elektron konferensiya aloqa uskunalari, bog‘ mashinalari, avto ehtiyot qismlar, quyosh energiyasi uskunalari va boshqa ishlab chiqarish uskunalarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Aytish mumkinki, Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi. So‘nggi yillar davomida O‘zbekistonning Xitoyga eksportida ham, Xitoydan importida ham o‘sish kuzatilgan. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq hajmi 2017 yilda 4,8 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil oxiriga kelib 8,9 milliard dollarga yetgan. Eksport hajmi 23,4 foizga, import hajmi esa 134,7 foizga o‘sgan.
O‘tgan yili O‘zbekiston Xitoyga asosan mineral yoqilg‘i (849,5 mln dollar), xizmatlar (703 mln dollar), sanoat mahsulotlari (629,8 mln dollar), kimyo mahsulotlari (133,3 mln dollar) va oziq-ovqat mahsulotlarini (108,8 mln dollar) eksport qilgan. Xitoydan asosan mashinalar va asbob-uskunalar (3,6 mlrd dollar), sanoat mahsulotlari (1,3 mlrd dollar), kimyo mahsulotlari (821,9 mln dollar), turli tayyor mahsulotlar (470,8 mln dollar) va xizmatlar (90,2 mln dollar) xarid qilgan.Mahalliy eksportchilar qimmatbaho metallar, organik kimyoviy birikmalar, shuningdek, meva va yong‘oqlarni Xitoy bozorida sotish bo‘yicha katta imkoniyatga ega. O‘zbekistonda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish uchun ham katta salohiyat mavjud.
Respublikada bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2023- yil yanvar-aprel oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd. AQSh dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 2,3 mlrd. AQSh dollariga yoki 13,4 % ga ko‘paydi. Ushbu raqamlar salmog‘i ortishi esa tinimsiz mehnat, ulkan tajribaga bog‘liqdir.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.