Toshkentda "tungi ko‘ngilocharlik"da qatnashgan 14 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi (+video)

Toshkentda "tungi ko‘ngilocharlik"da qatnashgan 14 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi (+video)

10 fevral kuni Toshkent shahrida Ucell ma’muriy binosi qarshisidagi avtoturargohda tungi ko‘ngilocharlik uyushtirilgan. Poytaxt IIBB matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, unda ishtirok etgan 14 ta avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilib, ularning haydovchilariga nisbatan turli xil qoidabuzarliklar uchun ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan. Bu haqda uz24.uz yozmoqda.

Ulardan 5 nafarida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta polisi bo‘lmagani, 4 nafar haydovchining avtomobillari oynalari tegishli ruxsatsiz qoraytirilgani, 2 nafar haydovchi avtomobilida shovqinni pasaytiradigan moslama (maxsus sport turi) o‘rnatgani, yana biri boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga ega emasligi, boshqasida haydovchilik guvohnomasi va taloni yo‘qligi, yana bir haydovchida transport vositasining pasporti bo‘lmagani aniqlangan.

IIBB ushbu voqea aks etgan videoni e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!