Toshkentda Tojikiston fuqarosi koronavirusni yengdi

Toshkentda Tojikiston fuqarosi koronavirusni yengdi

Ayni soatlarda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

❗️Samarqandda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (3 nafari Samarqand shahridan, Pastarg‘om va Toyloq tumanlaridan esa 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari erkak, 3 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichiga 5 yoshda. Viloyatda ayni paytga qadar 249 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 254 nafarga yetdi.

❗️Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafari Surxondaryo viloyatidan, yana 1 nafari esa Tojikiston Respublikasidan. Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichiga 34 yoshda. Endilikda Toshkent shahrida sog‘ayganlar 980 nafarga yetdi.

‼️Shunday qilib, bugun 32 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2668 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!