Toshkentda patrul-post mashinasi YTHga uchradi

Toshkentda patrul-post mashinasi YTHga uchradi

Internet ijtimoiy tarmog‘ida tarqalayotgan – Toshkent shahar IIBBga tegishli xizmat avtomobili ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan videotasvir bo‘yicha IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

2021 yil 11 iyul kuni Chilonzor tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimi safdor 1986 yilda tug‘ilgan Asan Utarov xizmatdoshi safdor Jaxongir Zokirov bilan «Nexia-2» rusumli (davlat raqami 01 546 VSF) patrul avtomobilida xizmat olib borayotgan edi.

Bunyodkor shox ko‘chasida «Erkin» YPX postidan poytaxt avtovokzali tomonga harakatlanib ketayotgan vaqtida, «Chilonzor buyum savdo kompleksi» savdo kompleksi yonida, oldinda harakatlanib ketayotgan va to‘satdan to‘xtagan 1990 yilda tug‘ilgan Elbek X. Boshqaruvidagi «Nexia-1» rusumli (davlat raqami 70 V 256 FA) avtomobil bilan to‘qnashib ketdi.

YTH sababi – piyoda o‘rnatilgan qoidalarga rioya etmasdan avtomobilning oldidan chiqib qolgan va avtomobil tezkorlik bilan to‘xtashga majbur bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida hech kim jarohatlanmaganligi, transport vositalari jiddiy shikastlanmaganligi va taraflar o‘zaro kelishib olganligi sababli, yo‘l-transport hodisasi haqida YPX inspektoriga xabar berilib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng, o‘z yo‘nalishida harakatni davom ettirishgan.

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!