Toshkentda Nexia 3, Lacetti va Nexia 2 to‘qnashdi

Toshkentda Nexia 3, Lacetti va Nexia 2 to‘qnashdi

Joriy yilning 23 mart kuni soat 22:30 larda Shayhontoxur tumani Furqat ko‘chasida Nexia 3, Lacetti, Nexia 2 rusumli avtomashinalari to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Nexia 2 avtomashina yo‘lovchisi tan jarohat olgan, shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

🇺🇿Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

‼️Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!