Toshkentda kelgusida Prezident universiteti ochiladi

Toshkentda kelgusida Prezident universiteti ochiladi

Toshkentda kelgusida Prezident universiteti ochiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Namanganda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi Daryo muxbiri.

Davlat rahbariga ko‘ra, hozirda tegishli qaror loyihasi tayyorlanib, yangi o‘quv yurti uchun hudud tanlanmoqda.

Prezident maktablarini boshlab oldik, endi navbat universitetga. Bu maktablarga qabul adolatli bo‘lishi uchun chet elliklar taklif etiladi. Zehni va o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘lsa, oddiy odamning bolasi ham albatta o‘qiydi, dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev respublikadagi har bir tumanda raqamli texnologiyalar, har bir maktabda esa kompyuter o‘yinlari markazlari ochilishini bildirdi.

Uy olib bersak eskiradi, kiyim olib bersak to‘ziydi. Biroq bolalarga berilgan bilim na eskiydi, na to‘ziydi. Shuning uchun ularning ilm olishiga birinchi galda e’tibor qaratish zarur, ta’kidladi Prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!