Toshkentda jinoyat: “Mercedes-benz vito”dagi nayrang ish bermadi

Toshkentda jinoyat: “Mercedes-benz vito”dagi nayrang ish bermadi

Tovar moddiy boyliklarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro M.Z. boshqaruvidagi “Mercedes-benz vito” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtoulov yukxonasida bojxona nazoratidan yashirilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati salkam 6 580 000 so‘mlik 112 dona sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!