Toshkentda 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilishga uringan erkakka hukm o‘qildi

Toshkentda 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilishga uringan erkakka hukm o‘qildi

Toshkentning Yunusobod tumanida 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilishga uringan shaxs qamaldi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, qizga nomunosib xatti-harakatlar sodir etgan shaxs 1974 yilda tug‘ilgan YU.B. bo‘lgan va u ushlangan.

U O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 ("Mayda bezorilik") va 194-moddasi ("Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik") bilan javobgarlikka tortilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining qaroriga asosan ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq hamda jarima jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!