Toshkent viloyatidan poytaxtga kelayotgan yo‘lovchilar uchun yengillik yaratiladi

Toshkent viloyatidan poytaxtga kelayotgan yo‘lovchilar uchun yengillik yaratiladi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent viloyatidan poytaxtga kuniga 1 milliondan ziyod yo‘lovchi kirib keladi.

Ularga yengillik yaratish maqsadida zamonaviy elektropoyezdlar keltirib, “Toshkent – Xo‘jakent”, “Toshkent – Bekobod” va “Toshkent – Angren” yo‘nalishida tezyurar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat transporti tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishish chog‘ida mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni berdi.

Bundan tashqari, Toshkentda jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga avtobus yo‘nalishlari ochilib, metro bilan bog‘lanadi. Buning uchun qo‘shimcha elektrobuslar xarid qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!