Toshkent viloyatidagi maktabda o‘qituvchilar janjallashdi

Toshkent viloyatidagi maktabda o‘qituvchilar janjallashdi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchilar janjallashdi. Holat yuzasidan viloyat MMTB izoh berdi.

Aytilishicha, holat 25 mart kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni maktabda ta’tildan keyingi o‘quv jarayonlari, davomat va boshqa masalalar yuzasidan navbatdagi pedogogik kengash o‘tkazilgan. Shundan so‘ng maktab kasaba uyushmasining yig‘ilishi tashkil etilgan.

Unda maktab pedagogik jamoasi talabi bilan ushbu maktabda faoliyat yurituvchi o‘qituvchining (janjal ko‘targan) jamoaga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri o‘rganilgan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur o‘qituvchi doimiy ravishda maktabdagi o‘qituvchilar, rahbariyat ustidan shikoyat arizalari yozib kelgan.

Bu holat maktab pedagog jamoasi o‘rtasida norozilik kayfiyatini uyg‘otgan. Natijada muassasa kasaba uyushmasi raisiga murojaat qilib, muassasada ichki muhitni buzayotgan, xodimlarning ishchanlik kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan o‘qituvchi bilan suhbat olib borishni talab qilgan. Ammo u savollarga javob berishni istamagan va aksincha qo‘l telefonida jamoani videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. O‘qituvchiga nisbatan hech qanday kuch ishlatilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!