Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning yangi ish joyi qayer?

A A A
Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning yangi ish joyi qayer?

Bugun, 18-noyabr kuni Toshkent viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda prezident Administrasiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident farmoni bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi.

Ayni paytga qadar Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Zoir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Davron Hidoyatov yanvar oyidan boshlab Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!