Toshkent shahrida qancha mashina stikersiz harakatlangani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrida qancha mashina stikersiz harakatlangani ma’lum bo‘ldi

Koronovirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish, fuqarolarimizni sog‘lig‘i va hayotini saqlash maqsadida Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari
va tibbiyot xodimlari tomonidan keng kamrovli ishlar amalga oshirib kelmoqda.

Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida avtotransport vositalarida harakatlanishi Respublika Maxsus komissiyasining bayonnomasida belgilangan

Maxsus ruxsatnomalarsiz avtomashinalarda harakatlanishi fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortilishi haqida Ijtimoiy tarmoqlar, Ommaviy axborot vositalari va davlat organlarining rasmiy saytlarida keng targ‘ib qilib kelinmoqda.

Shunga qaramasdan, maxsus ruxsatnomalarsiz avtomashinalarda harakatlanish holatlari soni oshib ketayotganligini kuzatish mumkin.

Jumladan, 1 aprel kunidan boshlab IIBB YHXB, Milliy gvardiya hamda Davlat sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan hamkorlikda aniqlangan holatlarni soni 349 tani, 2 aprel kuni 325 tani, 3 aprel kuni 479 tani va 4 aprel kuni 655 tani tashkil etgan, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida. 

Shu munosabat bilan, Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan maxsus ruxsatnomalarsiz harakatlanayotgan avtomashinalar vakolatli xodimlar tomonidan bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilishi haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, ushbu qaror bilan karantin davrida belgilangan hududlarda mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish ham vaqtincha cheklanadi. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!