Toshkent metrosida yana poyezd to‘xtab qoldi

Toshkent metrosida yana poyezd to‘xtab qoldi

Toshkent metrosida yana poyezd to‘xtab qoldi. «Toshkent metropoliteni» UK holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Joriy yil 24 may kuni ertalab soat 08:52da 4-sonli yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan poyezd texnik sabablarga ko‘ra «Hamid Olimjon» bekatida to‘xtab qolgan.

«Bu voqea haydovchi tomonidan poyezd nosozligi aniqlanishi munosabati bilan sodir bo‘ldi», deyiladi «Toshkent metropoliteni» xabarida.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar vagonlardan tushirilgan va poyezd zaxiraga, «Paxtakor» stansiyasining berk qismiga jo‘natilgan.

«16-sonli yo‘nalish bo‘yicha orqadan kelayotgan poyezd yo‘lovchilarni olib, jadvalga muvofiq harakatlanishni davom ettirdi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi rasmiy izohda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!