Toshkent metrosida poyezd yana to‘xtab qoldi

Toshkent metrosida poyezd yana to‘xtab qoldi

Toshkent metropolitenining poyezdi Oybek bekatidan «Toshkent» bekatiga qarab harakatlanayotganda to‘xtab qoldi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 14:35 atrofida «Oybek» bekatidan «Toshkent» bekatiga oralig‘ida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, elektropoyezd mashinisti harakat tarkibida nosozlikni sezib, tegishli yo‘riqnomaga asosan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektropoezdni to‘xtatgan.

Yo‘riqnomaga asosan ortidan kelgan harakat tarkibi yo‘lovchilarni «Oybek» bekatida tushurilib, yordam tariqasida yuborilgan. Nosoz harakat tarkibi yo‘lovchilari «Toshkent» bekatiga tushurilib, texnik ko‘rikka yuborilgan. Shuningdek, holatni bartaraf etish vaqti 9 daqiqani tashkil etgani aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!