Toshkent metropolitenida odamlar nega juda tirband? Izoh berildi

Toshkent metropolitenida odamlar nega juda tirband? Izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda metropoliten kassasi oldida ko‘plab odamlar yig‘ilib qolgani aks etgan rasm tarqatilmoqda.

Mazkur holat joriy yil 12 oktyabr kuni Toshkent metropoliteni «Beruniy» bekati kassalarida yo‘lovchilarning oqimi ko‘payib, uzun navbat yuzaga kelishi kuzatildi. Bunga yo‘l haqining elektron tizimga o‘tqazish ishlari olib borilayotganligi hamda shu kuni Toshkent davlat texnika universitetida talabalarning nazorat yig‘imi tashkil etilganligi sabab bo‘ldi. Ushbu muammoni hal qilish uchun darhol ikkinchi kassa ochildi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ axborot xizmati xabar berdi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun poytaxt metropoliteni ma’muriyati yo‘lovchilardan uzr so‘radi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!