Toshkent - Istanbul yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan samolyot nega manzilga yetmay majburiy to‘xtadi?

Toshkent - Istanbul yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan samolyot nega manzilga yetmay majburiy to‘xtadi?

Bugun, 25 may kuni HY-273 Toshkent – Istanbul aviaqatnovini amalga oshiruvchi havo kemasi jadvalga muvofiq Toshkentdan parvozni boshlagan. Texnik sabablarga ko‘ra havo kemasi Toshkent vaqti bilan soat 21:10 da Trabzon ayeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan. Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ xabar bermoqda.

Hozirda havo kemasi bortidagi 240 yo‘lovchi xayotiga hech qanday xavf tug‘dirmayapti. Yaqin vaqt ichida barcha yo‘lovchilar Trabzon shahrida joylashgan mehmonxonaga joylashtirilib, tez fursatlarda belgilangan manzilga – Istanbul shahriga yetkaziladilar.

O‘z navbatida, ushbu sabab tufayli HY274/25MAY22 Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovi vaqti kechiktiriladi (Istanbul mahalliy vaqti bilan jadvalga muvofiq 21:45 rejalashtirilgan parvoz). Ayni vaqtda Istanbuldan Toshkentga yo‘lovchilarni olib ketish uchun rezerv havo kemasini yuborish masalasi ishlab chiqilmoqda.

"Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz, shuningdek, yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunishingizni so‘rab qolamiz", - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!