Toshkent aeroportida yana bir rasmiy taksi xizmati ish boshladi

Toshkent aeroportida yana bir rasmiy taksi xizmati ish boshladi

1 apreldan boshlab Toshkent aeroportining uchib kelish zalida E-auksion.uz elektron platformasida tanlov asosida g‘olib deb topilgan "Sixt Uzbekistan" brendi ostidagi taksi xizmati (“Avtobus Rent” kompaniyasi) ishlay boshladi.

Yangi taksi xizmatining ishlash texnologiyasi ikki yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan “Taxi Airport Tashkent” taksi xizmati bilan bir xil – yo‘lovchilar uchib kelish zalidagi peshtaxtaga kelib kerakli manzilni aytadi, kompaniya hodimi masofani tarif bo‘yicha hisoblab chiqadi va xizmat haqini e’lon qiladi. Yo‘lovchi naqd pul yoki karta orqali to‘lovni kassada yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinada amalga oshirishi mumkin.

Aeroportda ishlash uchun kompaniya bir nechta tariflarni taqdim etdi: «Standart», «Komfort» va «Biznes». Sayohatning minimal narxi – 60 000 so‘m. Shuningdek, aeroportda yangi taksi xizmati ochilishi munosabati bilan kompaniya ikki haftalik aksiya e’lon qiladi – 15 aprelga qadar barcha mijozlar «Komfort» tarifidan «Standart» tarifi narxlarida foydalanishlari mumkin.

Taksi xizmati parki Chevrolet, Toyota, Kia, Skoda, Hyundai, Golden Dragon va boshqa mahalliy va xorijiy avtomobillardan iborat. Zarur hollarda yo‘lovchilar 6 dan 19 o‘rindiqgacha ega bo‘lgan mikroavtobuslardan foydalanishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!