Toqayev Eron prezidentini Qozog‘istonga taklif qildi

Toqayev Eron prezidentini Qozog‘istonga taklif qildi

Samarqandda Ibrohim Raisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 3 milliard dollargacha oshirish muhokama qilindi: tomonlar allaqachon bir-birlariga sotmoqchi bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini tayyorlab qo‘ygan.

Logistikani rivojlantirish haqida so‘z borar ekan, Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron temir yo‘li va Kaspiy dengizida parom qatnovining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Toqayev, shuningdek, Eronning ikki davlat uchun muhim tarixiy shaxslar rolini birgalikda o‘rganish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!