Tom Xardi uning yovuz Venom bilan qanday umumiy jihati borligini so‘zlab berdi

Tom Xardi uning yovuz Venom bilan qanday umumiy jihati borligini so‘zlab berdi

Britaniyalik aktyor Tom Xardi Marvel komikslari bo‘yicha yangi filmda birga yashashga majbur bo‘lgan yovuz o‘zga sayyoralik simbiont Venom bilan qanday umumiy jihati borligini so‘zlab berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Aktyor «Venom» filmini taqdim etish uchun Moskvaga kelgan. Kartina korrupsiya va nazoratsiz hukumatga qarshi kurash olib boruvchi reportyor haqida hikoya qiladi. Bir kuni qo‘rqinchli o‘zga sayyoralik simbiont Venom uning ichiga kirib oladi va unga insonlarga xos bo‘lmagan kuchni beradi.

«Venom menda yashaydi, biz u bilan birgalikda mavjud bo‘lish uchun doim muzokaralar olib boramiz… Venom nimaiki istasa va qachon istasa, barchasini amalga oshiradi. Bu inson ruhiyatiga ham daxldor. Barchamizda nima qilishimizni aytib turuvchi ichki ovoz borligiga ishonaman, biroq biz ijtimoiy protokol bilan chegaralanganligimiz sababli har doim ham unga bo‘ysunmaymiz», — deya ta’kidlaydi Xardi.

Uning so‘zlariga qaraganda, unda ham o‘zi eshitadigan, biroq har doim ham quloq tutmaydigan ichki ovoz bor.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!