Tokayev Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi haqida gapirdi

Tokayev Qozog‘iston va Rossiya hamkorligi haqida gapirdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Rossiya va Qozog‘iston dunyoda bo‘layotgan “betartiblik”ga qaramay, ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishini ta’kidladi.

Bu haqda u Euronews telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Tokayev ta’kidlaganidek, Rossiya Qozog‘istonning strategik hamkoridir.

“Bizda saqlanishi yoki hech bo‘lmaganda tark etmasligi kerak bo‘lgan hamkorlik an’analari bor. Va ishonamanki, xalqaro maydondagi ba’zi to‘ntarishlarga qaramay, biz hamkorlikni davom ettiramiz", - dedi u.

Tokayev, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qozog‘istonga yaqindagi tashrifini ikki tomonlama munosabatlarga yangi sur’at baxsh etish nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli bo‘ldi, deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!