Tojikistonga minus 40 darajadagi Sibir sovug‘i kelmoqda
Bugundan Tojikistonning ayrim hududlarida havo harorati 35 darajadan pastga tushishi mumkin, deb xabar qilmoqda Respublika meteorologiya agentligi.
Tog‘li Badaxshonda bulutli havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda ozgina qor yog‘adi. G‘arbiy qismida havo harorati kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Hududning sharqiy qismida kechasi 23-28 daraja sovuq, ba’zi joylarda termometr minus 31-36 darajagacha pasayadi, kunduzi harorat -12-17 darajani tashkil qiladi.
Sug‘d viloyatida havo bulutli bo‘ladi, ayrim tumanlarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Vodiylarda havo harorati kechasi -4-9 daraja, kunduzi -1-6 daraja bo‘ladi. Tog‘li hududlarda harorat kechasi 11-16 daraja sovuq bo‘ladi.
Xatlon viloyatida havo bulutli bo‘lib, joylarda ozgina qor yog‘ishi, shuningdek tuman tushishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi -3-8 daraja, kunduzi -3 ... + 2 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘ oldi hududlarida havo harorati 7-12 daraja sovuq bo‘ladi.
Dushanbe shahrida havo bulutli bo‘lishi va ozgina qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi -1 ... + 4 daraja bo‘ladi.