2021 yil 12 oktyabr kuni Termiz shahar “Bog‘zor” mahallasida yashovchi, I.Salomat viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shaharning “eski shahar” mahallasida yashovchi, R.Shodiya Termiz shahri hududida kam ta’minlangan oilalar uchun qurilayotgan uylardan xonadon sotib olishda yordam berishini aytib undan 1.000 (bir ming) AQSh dollar pul talab qilayotganligini bildirgan.
Ushbu ariza yuzasidan 13 oktyabr kuni Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tezkor bo‘linma va viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, R.Shodiya viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi yonida, I.Salomatdan talab qilgan 1.000 (bir ming) AQSh dollaridan 600 (olti yuz) AQSh dollari va 2.130.000 (ikki million bir yuz o‘ttiz ming) so‘m pullarini olgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan. Bundan tashqari R.Shodiya 4 nafar fuqarolardan jami 4.247.000 (to‘rt million ikki yuz qirq etti ming) so‘m pul va 4.500 (to‘rt ming besh yuz) AQSh dollari pullarni olganligi aniqlangan.
13 oktyabr’ kuni R.Shodiyaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.