O‘zbekiston Ekologik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi deputatlari «Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqildi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi ko‘plab xorijiy mamlakatlarning shu yo‘nalishdagi ijobiy tajribasi asosida ishlab chiqilib, unda faqat jazo masalasi emas, balki muammoning ildiziga ta’sir qiluvchi choralar nazarda tutiladi.
Jumladan:
hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat hisoblanadigan xatti-harakatlarni qonun bilan aniq belgilash va ushbu harakatlarni qat’iy taqiqlash;
hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish harakatlari uchun jinoiy javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish, bunda bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha jarima qo‘llash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (amaldagi 50 barobargacha va 6 oy ozodlikdan maxrum qilish);
aybdor shasxlarga javobgarlik qo‘llanilishi bilan birga hayvonlarga yetkazilgan jarohatlar uchun aybdor hayvonni sog‘ligini tiklash bilan bog‘liq veterinariya xarajatlarini to‘liq qoplashi shartligini belgilash (hatto bu xarajatlar hayvonning bozor qiymatidan ancha yuqori bo‘lgan holatlarda ham);
hayvonlar bilan jamoat joylarida bo‘lish uchun qulay muhitlarni (Pet-friyendly) tashkil etish, jumladan ko‘zi ojizlarga hamrohlik qiluvchi itlar (it-yo‘lboshlovchilar) va emosional ko‘makchi hayvonlarni jamoat transportida olib yurishda imtiyoz berishni qonuniy mustahkamlash;
hayvonlar egalarining ularni himoya qilish, veterenariya xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish, qarovsiz qoldirmaslik kabi majburiyatlarini belgilash, hayvonlarni tashlab ketish holatlariga barham berish;
ta’lim muassalarida va ommaviy axborot vositalarida hayvonlarga g‘amxo‘rlik va ularga mehrli munosabatda bo‘lish madaniyatini shakllantirishga oid tushuntirish va xabardorlikni oshirish ishlarini olib borish hamda shafqatsiz munosabatni va uning targ‘ibotini taqiqlash kabi muhim yo‘nalishlar qamrab olingan.
Ma’lumot uchun, joriy yil 25 mart kuni hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga oid qonun qabul qilingandi. Unga ko‘ra, endilikda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxsga nisbatan BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.