AQSh razvedkasi mojarodan keyin Eronning mintaqadagi ta’siri kuchayishi mumkinligini taxmin qilmoqda
AQSh razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH-Isroil operasiyasi mintaqada Tehron ta’sirining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar berdi.
Ushbu manbalarga ko‘ra, Eron yaqin orada Hormuz bo‘g‘ozini ochishi ehtimoldan yiroq, chunki u ustidan nazoratni "Qo‘shma Shtatlarga qarshi yagona haqiqiy vosita" deb biladi.
Eronni zaiflashtirishga qaratilgan urush, aksincha, asosiy dengiz yo‘liga tahdid solish qobiliyatini namoyish etish orqali uning mavqeini mustahkamlashi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bo‘g‘oz orqali energiya ta’minoti ustidan nazorat "hatto yadroviy quroldan ham ancha samaraliroq".
Oq uy AQSh prezidenti Donald Tramp "bo‘g‘oz juda tez orada ochilishiga ishonadi" deb ta’kidladi.
Tahlilchilar shuningdek, bo‘g‘oz ustidan nazoratni o‘rnatish bo‘yicha AQShning mumkin bo‘lgan operasiyasi jiddiy xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirmoqda, chunki Eron o‘z hududidan AQSh kuchlariga raketa va dron hujumlarini amalga oshirishga qodir.
