"Real Madrid" autsayder jamoaga yutqazib qo‘ydi
Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionatining 2025/26 yilgi mavsumi 30-turi doirasida safarda «Malyorka»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv «Vizit Malyorka Estadi» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Mezbonlar safida gollarni Manuel Morlanes va Vedat Murichi kiritgan bo‘lsa, madridliklardan Eder Militao o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, «Real»ning La Ligadagi ketma-ket uchta g‘alabadan iborat seriyasi yakunlandi. Jamoa 69 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
«Malyorka» esa 31 ochko bilan 17-pog‘onadan joy olgan.
Ispaniya La Ligasi. 30-tur
04.04.2026 | 19:15
«Visit Mallorca Stadium», Palma-de-Malyorka
«MALYORKA» — «REAL MADRID» — 2:1
Gollar: Manu Morlanes 41’ (1:0), Eder Militao 88’ (1:1), Vedat Murichi 90’ (2:1).
«Malyorka»: Roman, Moxika, Maskarel, Valyent, Maffeo, Darder, Morlanes (Djozef, 70), Koshta (Lopes, 70), Pablo Torre (Virxili, 70), Murichi, Luvumbu (Sanches, 81).
«Real Madrid»: Lunin, Karreras, Xeysen (Eder Militao, 59), Ryudiger, Trent Aleksandr-Arnold, Arda Gyuler (Pitarch, 72), Kamavinga (Bellingem, 60), Tchuameni, Manuel Anxel (Vinisius Junior, 59), Mbappe, Braim Dias (Franko Mastantuono, 76).
Ogohlantirishlar: Xeysen (47), Roman (66), Valyent (84), Maffeo (90), Mastantuono (90).
