Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning yordamchisi Pep Leynders o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning o‘yini va salohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Har safar Husanovni kuzatganimda, farqi yo‘q, mashg‘ulotlarda bo‘ladimi, koridordami, birinchi aytadigan gapim TEZLIK bo‘ladi. U shu qadar tezki... Shu bilan birga juda xotirjam va aql bilan himoyalana oladi. Himoya chizig‘ida tezlik bo‘lishi jamoaga katta yordam beradi.
O‘ylashimcha, bugun orqa chiziqdagi to‘rt futbolchi ham umuman olganda o‘z ishini yaxshi uddaladi. Ular markazga qancha ko‘p futbolchi joylashtirmasin, tezlikda hujumga o‘tishga urinmasin, imkon bermadik. Vaziyatni doim nazoratda ushlab turdik. Shu bilan birga himoya yuqoriga chiqib o‘ynashni ham yaxshi epladi.
To‘rttala himoyachi ham juda yaxshi o‘ynadi! Ammo gap faqat Husanov haqida ketganida, birinchi to‘plardan keyin u doim oldinga chiqib o‘ynadi. Yarim himoyaga qo‘shilib, oldingi chiziqqa yordam berishga harakat qildi. U doimiy ravishda oldinga qadam tashlamoqda.
U shunchaki o‘sishda davom etayotganiga ishonchi komil bo‘lishi kerak. Husanov potensiali yuqori bo‘lgan yosh futbolchi. Bu «Man Siti»dagi ko‘plab yangi futbolchilarning iqtidori yuqori ekanini, ular hali o‘sishi mumkinligini isbotlaydi».
