Eron bilan mojaro jahonda oziq-ovqat narxlarini oshirmoqda
Yaqin Sharqdagi mojaro keskinlashuvi tufayli energiya narxlari oshdi va bu mart oyida jahonda oziq-ovqat narxlarining o‘sishiga olib keldi. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lum qildi.
Tashkilotning jahon bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari savatining qiymatidagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi indeksi mart oyida o‘rtacha 128,5 punktni tashkil etdi. Bu fevral oyining qayta ko‘rib chiqilgan darajasidan 2,4 foizga yuqori.
Tashkilot bosh iqtisodchisi Maksimo Toreroning aytishicha, mojaro boshlanganidan beri narxlar o‘sishi hozircha mo‘’tadil darajada qolmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu asosan neft narxlarining oshishi bilan bog‘liq bo‘lib, qisman don zaxiralarining kattaligi hisobiga jilovlanmoqda.
Shu bilan birga, u ogohlantirishicha, agar mojaro 40 kundan ortiq davom etsa va ishlab chiqarish xarajatlari yuqori bo‘lib qolsa, fermerlar resurslardan kamroq foydalanishi, ekish maydonlarini qisqartirishi yoki boshqa ekinlarga o‘tishi mumkin.
Bu esa kelgusi hosillarning kamayishiga olib kelib, joriy yilning qolgan qismi va kelasi yilda oziq-ovqat taklifi hamda narxlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
28 fevraldan beri AQSh va Isroil Eronga havo zarbalari bermoqda, bu esa 1340 dan ortiq inson halok bo‘lishiga olib keldi.
Eron esa javob tariqasida Isroilga, shuningdek Iordaniya, BAA, Iroq va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi AQSh harbiy ob’ektlariga dronlar va raketalar bilan zarbalar berdi. Bu hujumlar qurbonlar, infratuzilmaning vayron bo‘lishi, shuningdek jahon bozorlari va aviasiya faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo‘ldi.
