Eron BAA va Quvaytdagi AQSh hamda Isroilga aloqador ob’ektlarga zarba berdi
Eron harbiylari Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) alyuminiy sanoati ob’ektlariga dronlar bilan zarba berdi. Ta’kidlanishicha, ushbu ob’ektlardan AQSh va Isroil harbiy hamda mudofaa texnikalarini ishlab chiqarishda foydalanib kelgan.
Bu haqda Eron armiyasining bayonotida aytiladi, hujjat matnini IRIB agentligi keltirmoqda.
«(AQSh va Isroil — tahr.) BAA alyuminiy sanoatiga katta miqdorda sarmoya kiritgan va undan turli qiruvchi samolyotlar, jumladan F-35, shuningdek, raketalar, tanklar va zirhli mashinalar ishlab chiqarish uchun foydalanmoqda», — deyiladi nashrda.
Bundan tashqari, Eron AQShning Quvaytdagi «mexanizasiyalashgan, zirhli va vertolyot batalyonlari qo‘mondonlik shtabi»ga ham zarbalar bergani xabar qilinmoqda.
