Bushehr AESga yana zarba berildi
Yaqin Sharqdagi keskinlik yadroviy ob’ektlarga ham ta’sir qila boshlagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Eron tomoniga ko‘ra, Bushehr atom elektr stansiyasiga yangi zarba berilgan.
Eron Atom energiyasi tashkiloti ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida stansiya xodimlaridan biri halok bo‘lgan.
Bushehr AESda faoliyat yuritayotgan Rossiya mutaxassislari xavfsizlik nuqtai nazaridan 198 nafar mutaxassis Erondan evakuasiya qilinayotgani xabar qilindi.
«Asosiy evakuasiya jarayoni boshlangan: mutaxassislar Eron hududidan chiqib, Armanistonga yo‘l oladi. Taxminan 2,5–3 kun davom etadi, mutaxassislar Rossiya hududida bo‘ladi.
Shuningdek, evakuasiya jarayoni haqida AQSh va Isroil tomonlari ham xabardor qilingan», – deydi «Rosatom» rahbari Aleksey Lixachyov.
Aleksey Lixachyovning ma’lum qilishicha, so‘nggi hodisalar «nojoiz ssenariy» bo‘yicha rivojlanmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, AES yaqiniga berilgan zarba stansiyaning tashqi himoya konturiga to‘g‘ri kelgan.
Hozircha AES reaktori yoki asosiy infratuzilmaga zarar yetgani haqida ma’lumot yo‘q. Radiasiya bilan bog‘liq xavflar haqida ham rasmiy xabar berilmagan.
Tahlilchilar ta’kidlashicha, atom elektr stansiyalariga har qanday hujum keng ko‘lamli ekologik xavf hamda mintaqaviy xavfsizlik inqirozini keltirib chiqarishi mumkin.
Biroq hozirgi ma’lumotlar hodisa cheklangan ta’sirga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
