Termizda erkak hokimiyat binosi yonida o‘zini yoqib yubordi (video)

Termizda erkak hokimiyat binosi yonida o‘zini yoqib yubordi (video)

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Uchqizil shahrida 24 fevral yakshanba kuni bir erkak Termiz tumani hokimiyati binosi yonida o‘ziga o‘t qo‘ygan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu inson tuman hokimiyati bilan gaplashishga uringan, chunki u ochgan kafe joylashgan bino buzilgan. Xabarlarga qaraganda, erkak kredit olib, bu kafeni ochgan ekan. Tadbirkor kafe buzilishi masalasi bo‘yicha bir necha oydan beri hokimiyatga uchrashishga uringan, ammo urinishlari samara bermagach, 24 fevral kuni o‘zini yoqib yuborgan.

Erkak kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. Repost.uz esa voqeaga taalluqli videoni e’lon qildi. Mazkur vaziyat o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!