Telegram messenjeridagi "arzon narxda tilla taqinchoq"lar bo‘yicha e’lonlarga aldanib qolmang!

Telegram messenjeridagi "arzon narxda tilla taqinchoq"lar bo‘yicha e’lonlarga aldanib qolmang!

Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 1982 y.t, fuqaro M.O. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjeridagi “Brilliant gold tilla kredit” guruhidagi arzon narxlarda, bo‘lib to‘lash evaziga tilla taqinchoqlar sotilishi to‘g‘risidagi e’lon joylashtirgan shaxs bilan messenjer orqali muloqot olib borib, yetkazib berish sharti bilan tilla taqinchoqlar buyurtma berganligi, so‘ng 1.105.000 so‘m miqdoridagi pullar o‘tkazib berishi bilan yozishmalarini noma’lum foydalanuvchi o‘chirib, e’lon muallifi g‘oyib bo‘lganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida pullarni o‘zlashtirgan shaxs Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 1998 y.t., SH.D. ekanligi aniqlangan.

SH.D.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!