Telegram jamoasi Durovning hibsga olinishiga ilk munosabatini bildirdi

Telegram jamoasi Durovning hibsga olinishiga ilk munosabatini bildirdi

«Telegram Yevropa Ittifoqi qonunlariga, jumladan, Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunga amal qiladi — uning moderasiyasi sanoat standartlari doirasida va doimiy ravishda takomillashtiriladi.

Telegram bosh direktori Pavel Durovning yashiradigan hech narsasi yo‘q va Yevropa bo‘ylab tez-tez sayohat qiladi.

Platforma yoki uning egasi ushbu platformani suiiste’mol qilish uchun javobgar ekanligini da’vo qilish bema’nilikdir.

Dunyo bo‘ylab deyarli milliard foydalanuvchi Telegram’dan aloqa vositasi va hayotiy ma’lumotlar manbai sifatida foydalanadi.

Biz bu vaziyatning tez yechimini kutamiz. Telegram barchangiz bilan», deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!