Respublikada 2024 yilda qariyb 7 million bolalar tekshirilib, 200 mingdan ortiq ichak gelmintozi bilan kasallanganlar aniqlandi. Ular davo kurslari bilan qamrab olingan.
Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, gelmintozlar bilan zararlanganlarning 90 foizini maktabgacha va maktab o‘quvchilari (1 dan 4 gacha bo‘lgan boshlang‘ich sinflar)tashkil etdi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar davlat va xalqaro tashkilotlar homiyligi asosida turlar bo‘yicha ichak gelmintlariga qarshi davolanadi.
Ma’lumot uchun, gelmintozlar - gijja qurtlari keltirib chiqaradigan parazitar kasalliklar guruhi bo‘lib, asosan muloqot, oziq-ovqat va suv orqali yuqadi. Inson organizmida yashab, uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazadi. Jumladan organizmning immun tizimini tushiradi, kamqonlikni keltirib chiqaradi, terida turli allergik toshmalar paydo bo‘ladi, markaziy asab tizimiga ta’sir qiladi, aqliy jihatdan orqada qolish kabi holatlar kuzatiladi.
Gijjalar yuqmasligi uchun bolalarga shaxsiy va jamoaviy gigiyena qoidalarini o‘rganish lozim:
ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga borgandan keyin, tashqaridan kelganda, hayvonlarni parvarishlash va tuproq bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirgandan keyin qo‘lni sovun bilan yuvish;
faqat yaxshi yuvilgan ko‘katlar, meva va sabzavotlarni iste’mol qilish;
faqat yaxshi pishirilgan va qovurilgan hayvon mahsulotlarni (go‘sht, baliq va ulardan tayyorlangan mahsulotlar) iste’mol qilish;
xom suvni, ayniqsa ochiq suv havzalaridan ichmaslik;
yaylovlar va hayvonlarni sug‘orish joylari yaqinida joylashgan ifloslangan chuchuk suv havzalarida cho‘milishdan bosh tortish;
xonalarda yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda namli tozalash ishlarini muntazam amalga oshirish;
choyshab va ichki kiyimlar ozodaligiga rioya qilish, ularni issiq dazmol bilan dazmollash, o‘zingizning alohida to‘shagida uxlash, boshqa odamlarning shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanmaslik;
suv jo‘mraklari, eshik tutqichlari, hojatxonalar, gorshoklarni dezinfeksiyalovchi eritma bilan tozalash yoki ustiga qaynoq suv quyish;
uy hayvonlarini to‘g‘ri saqlash qoidalariga rioya qilish, parvarishlash, ularni gelmentlarga qarshi o‘z vaqtida davolash.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
22 декабрь куни Тошкент шаҳридаги "Ҳумо арена" мажмуасида хоккей бўйича КХЛ доирасидаги "Динамо" Минск ва "Спартак" Москва жамоалари ўртасидаги ўйин ўтказилганди.
Украина Россиянинг олға силжишини тўхтатишга қодир эмас, бу ҳақиқат. Бу ҳақда америкалик разведканинг собиқ ходими Скотт Риттер YouTube'даги i Judging Freedom каналида айтиб ўтди.
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Москванинг ЦСКА ва Ўзбекистон миллий терма жамоаси футболчиси Аббосбек Файзуллаев нега ҳалигача ота-онасини Россия пойтахтига кўчирмагани ҳақида гапириб берди.
Ирландиялик журналист Чей Боузнинг айтишича, Украина етакчиси Владимир Зеленский Ғарб ҳамкорларидан молиявий ва ҳарбий ёрдам сўрамоқда. Бу ҳақда у Х ижтимоий тармоғида ёзган.
Озарбайжон ҳаво йўллари самолётининг Ақтауда қулашига Россиянинг “ер-ҳаво” тоифали ракетаси сабаб бўлган. Бу ҳақда Euronews, Reuters ва бошқа ОАВ Озарбайжон ҳукуматидаги манбаларга таяниб хабар берди.
Бу ҳаракат Аббос режимининг Женинга ҳужуми пайтида Ал-Жазира "нифоқ уруғини сепмоқда ва ички низоларни қўзғатмоқда" деган айбловлар фонида амалга оширилди.
Европа Иттифоқи томонидан электромобилларга бож жорий этилишига қарамай, Хитой 2025 йилда жаҳон бозорида энг йирик автомобил етказиб берувчиси бўлиб қолади.
Нашрнинг ёзишича, янги тадқиқотлар шуни кўрсатдики, Буюк Британиянинг душманлари ҳарбий харажатларни кўпайтирмоқда, аммо Буюк Британия мудофаа учун ЯИМнинг 2,5 фоизини таъминлай олмаяпти.
Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) турли позицияларда ўйновчи 21 ёшгача футболчилар орасида тадқиқот ўтказиб, энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди.