O‘zbekiston, Qozog‘iston, Malayziya, Tailand... 1 yanvardan bir qator davlatlar BRIKSning hamkor davlatiga aylanadi
Qozog‘iston 2025-yilda BRIKSning “hamkor davlati” maqomini oladi.
“Ha, Qozog‘iston BRIKS “sherik davlati” maqomini oladi”, - dedi A.Smadiyarov Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning tegishli bayonotini tasdiqlab.
Y.Ushakov o‘tgan kuni Qozon sammitining muhim natijalaridan biri BRIKS bo‘yicha hamkor davlatlar toifasi belgilanishi va 13 davlat ro‘yxati to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lganini aytdi. Bu mamlakatlarga tegishli taklifnomalar yuborilgan. Hozircha Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatlari bo‘lishga tayyorligini tasdiqlagan.
Unga ko‘ra, sanab o‘tilgan davlatlar 2025-yil 1-yanvardan boshlab BRIKSning “hamkor davlatlari” maqomini rasman oladi.
BRIKS 2006 yil iyun oyida tashkil etilgan va iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlarning norasmiy hukumatlararo birlashmasi hisoblanadi. Tashkilotga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, BAA, Eron, Misr va Efiopiya kiradi.