Tatyana Karimova omma oldida ko‘rinish berdi — foto

Tatyana Karimova omma oldida ko‘rinish berdi — foto

Bugun Tatyana Karimova Islom Karimov Fondining chet elda ta’lim olish grantlarining stipendiatlari — Muzaffar Maksumov, Aleksandra Kim, Gulyuzbonu Ro‘ziboyeva va Stefaniya Abbosovalar bilan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada uchrashdi, — deb yozmoqda Islom Karimov fondining Feysbukdagi sahifasi.

Foto: Facebook/IslamKarimovFoundation

O‘z so‘zlarida Tatyana Akbarovna yoshlarga ilg‘or chet el o‘quv maskanlaridagi o‘qishlarida omad, egallagan bilimlarini Vatanimiz ravnaqi yo‘lida qo‘llashlarini tiladi.

Foto: Facebook/IslamKarimovFoundation

So‘nggi bir yarim yil ichida o‘zbekistonlik 23 nafar yigit-qizlar Karimov Fondining tahsil grantlarini qo‘lga kiritib, magistratura dasturi bo‘yicha Yevropaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, deyiladi xabarda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!