Tatyana Akbarovna Islom Karimov bilan ilk uchrashuvi, 2 xonalik kvartirani o‘zlari ta’mirlashgani va qizi Lola haqida gapirdi

A A A
Tatyana Akbarovna Islom Karimov bilan ilk uchrashuvi, 2 xonalik kvartirani o‘zlari ta’mirlashgani va qizi Lola haqida gapirdi

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova turmush o‘rtog‘i bilan ilk tanishuvi, u bilan o‘tgan umrining eng yorqin xotiralarini tilga oldi.
 
—  Hurmatli Tatyana Akbarovna! Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi nishonlanmoqda. U kishini Yurtboshimiz sifatida yaxshi taniymiz. Birinchi Prezidentimiz kundalik hayotda, oila davrasida qanday bo‘lganlari ham o‘quvchilarimizni qiziqtirishi tabiiy.
 
Biz Islom Abdug‘aniyevichni irodali, sobitqadam, qat’iyatli, jasur, yuksak obro‘ qozongan inson deb bilamiz. Bunday fazilatlar qanday shakllangan? U kishining bolalik yillari haqida Sizga nimalar ma’lum?
— Haqiqatan ham, Islom Abdug‘aniyevichning butun hayot yo‘llari Siz sanagan hislatlar haqida shahodat beradi. Nimagaki erishgan bo‘lsalar, bari o‘sha hislatlari tufaylidir. Islom Abdug‘aniyevichning bolaligi urush va urushdan keyingi og‘ir damlarga to‘g‘ri keldi. Kichiklikdayoq peshona teri bilan non topish nima ekanini bildilar. Urushdan keyin barcha mashaqqatli hayot kechirgani ma’lum. Ularning ham oilalari ehtiyojmand edi. Samarqandning eski shahar qismida yashagan oddiy oila. Islom Abdug‘aniyevich maktabga chiqqan kezlari rus tilini bilmas edilar, ammo bukilmas iroda, qat’iyat va sobitqadamlik bois maktabni oltin medalga bitirdilar. U kishi yozgan insholar namuna o‘laroq butun sinfga o‘qib berilgan ekan. Keyinroq sinfdoshlari tan olishicha, Islom Abdug‘aniyevichning insholaridan oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonida “shpargalka” sifatida foydalanishgan. Shu tariqa oddiy oilada voyaga yetgan yigit maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, taqdiriga peshvoz chiqmoq uchun safarga otlandi. O‘sha kezlar oltin medal va olam-olam orzular u kishining bor-yo‘q bisoti edi. Taqdir hukmi bilan kindik qoni to‘kilgan ona zaminga mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti bo‘lib manguga qaytdilar.
 
Sinfdoshlaridan biri Islom Abdug‘aniyevichning shaxsiy maslagini yorqin namoyon etuvchi, maktab yillariga doir bir voqeani xotirlagan edi. Yozgi meva yig‘im-terimi payti yoshi ulug‘ bir kishi bolalardan kelajakda kim bo‘lishlari haqida so‘raydi. Ko‘pchilik uchuvchi, tokar kabi kasblarni egallash istagini bildiradi. Islom Abdug‘aniyevichning javobi esa bolalarni ham, kattalarni ham hayron qoldiradi: “Men Amir Temurga o‘xshasam deyman!”
 
Maktab yillaridanoq Maksim Gorkiy hikoyasi personaji – o‘z jonidan kechgan, yuragini mash’al kabi yoqib xalqni qutqarib qolgan Danko eng sevimli adabiy qahramonlari bo‘lgan.Uning “Otash kabi yonib, o‘zgalar yo‘lini yorit!” degan shiori yosh Islom Abdug‘aniyevichning yuraklarida muhrlanib qolgan. Bu keyinroq Prezidentning hayotiy maslagiga aylandi.
 
— Sizlar qanday tanishgansizlar? Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz qalbingizni qanday zabt etganlar? 
— Islom Abdug‘aniyevich bilan 1970 yili Samarqandda, muhandislik-texnologiya fakultetining oxirgi kursida o‘qigan kezlarim tanishganmiz. Birinchi uchrashuvimiz ularning akalari Ibod G‘aniyevichning uyida bo‘lgan. Ibod G‘aniyevichning rafiqasi Xayriniso Sultonovna mening xolavachcham edi. Men talabalar yotoqxonasida istiqomat qilar, darsdan keyin ularnikiga tez-tez mehmonga borib turar edim. Ibod G‘aniyevich oqko‘ngil, aqlli va odamshavanda inson, boz ustiga, yaxshi suhbatdosh ham edilar.
 
Yangi yil eshik qoqib turgan kunlarning birida opamnikida o‘tgan navbatdagi mehmondorchilikdan so‘ng endigina ketishga taraddud ko‘rib turganimda bir yigit kelib qoldi. Uni menga Ibod G‘aniyevichning ukasi deb tanishtirishdi. Bu Islom Abdug‘aniyevich edilar. Birinchi uchrashuvimizda deyarli gaplashmadik. O‘shanda opam yo‘ldan kelgan mehmon qo‘lini yuvishi uchun ko‘zadan suv quyib berishimni so‘radilar. Keyin oila davrasida yana bir necha bor uchrashdik.
 
Kechagidek yodimda, martning yettinchi kuni, ayni bayram arafasi edi. Ko‘klamning xush iforga to‘la iliq havosi. Shig‘alab yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan keyin atrof-borliq toza, musaffo va go‘zal bo‘lib ketgan. Ko‘lmaklarda osmon parchasi aks etar, ko‘ngillar yorishib, farahbaxsh hislarga limmo-lim to‘lgan edi. Men talabalar yotoqxonasida edim. Ittifoqo meni birov so‘rab kelganini xabar qilishdi. Kelgan inson kim ekanini tasavvur ham kalaolmaganim rost. Chiqib ko‘rdimki, meni yo‘qlab kelgan odam Islom Abdug‘aniyevich ekanlar.
 
Meni xiyobonda sayr qilishga taklif etdilar. Biz ilk bor yolg‘iz o‘zimiz ko‘rishib, gaplashib turgan edik. Tabiat, ob-havo, o‘qish haqida suhbatlashdik. Odatiy suhbat. Lekin sayr asnosida Islom Abdug‘aniyevich to‘xtab, hech kutilmaganda “Menga turmushga chiqasizmi?” deb so‘radilar. Men uchun bu mutlaqo kutilmagan hol edi. Qanday izohlashni ham bilmayman: aql vaziyatni hali to‘liq anglab, baholab bo‘lmasdan, qalb va yurak “ha” deya javob berib bo‘lgan edi. Ko‘ngil shubhayu gumondan xoli kezlarda shunday bo‘ladi. Men bu insonning ichki kuchi, samimiyati, jozibasi, qat’iyati va nedir bir ohanrabosini sezgan bo‘lsam kerak... Men “ha” deya javob berdim. Bari ana shunday kechgan edi. Bor-yo‘g‘i bir necha qisqa uchrashuv...
Islom Abdug‘aniyevich aprelda ota-onamdan qo‘limni so‘ragani Quvasoyga bordilar. To‘yimiz may oyida dastlab Samarqandda, keyinroq Quvasoyda bo‘lib o‘tdi.
 
— Islom Abdug‘aniyevich bilan ko‘p yillar birga hayot kechirdingiz. Kundalik hayotingiz qanday kechardi, qanday qiyinchiliklar bo‘lardi?
— To‘ydan keyin Toshkentdagi ikki xonali kvartirada juda oddiy hayot kechira boshladik. Bu kvartirani Islom Abdug‘aniyevich Davlat plan komiteti raisining yordamchisi bo‘lgan kezlarda olganlar. Tinch-totuv yashaganmiz, maoshimiz uncha katta bo‘lmagani bois ta’mir ishlarini o‘zimiz qilganmiz. Bo‘yoq olib kelib, o‘zimiz xona oqlaganmiz, eshik bo‘yaganmiz, polni loklaganmiz, balkon derazasiga oyna solganmiz. Hech qachon ta’mir ishidan qochmaganmiz. Odatda, Islom Abdug‘aniyevich uydagi ta’mir yumushlarini o‘zlari qilardilar. Barcha ishlari baroridan kelar edi. Sirasini aytganda, u kishi barini o‘z qo‘llari bilan qilishni yaxshi ko‘rardilar. Kerak paytda qidirib qolmasdik, turli asboblar solingan butun boshli jomadonim bo‘lardi. Parma, bo‘yoq cho‘tkasi, qisqich, ombur, buragich, bolg‘a va boshqa birtalay asboblar zarur paytda asqotardi.
 
Bir gal Islom Abdug‘aniyevich pol bo‘yayotib lok hididan qattiq zaharlandilar. Kuchli astma xuruji boshlandi, lekin “tez yordam” chaqirishga izn bermadilar. Tuni bilan sut ichirdim. O‘sha voqeadan keyin bo‘yoq hidini xushlamaydigan bo‘lib qoldilar.
 
Islom Abdug‘aniyevich shanba va yakshanba kunlari odatda soat 4 ga qadar ishlardilar, keyin zarur bo‘lsa birgalikda oqlash va bo‘yash yumushlarini qilardik.
 
Islom Abdug‘aniyevich qanday lavozimda ishlamasinlar, hech qachon xizmat vazifasidan foydalanmaganlari, vakolatlarini suiiste’mol qilmaganlariga guvohman. U kishidan pastroq darajadagi mansabdorlar ham boshqacha yashar va shu bois gohida umr yo‘ldoshimning ustlaridan kulishar edi. Ammo bu – Islom Abdug‘aniyevichning qat’iy pozisiyasi edi.
 
Hatto davlat bog‘-hovlisida yashaganimizda ham avvalgidek aksar ishlarni o‘zlari qilishni afzal bilardilar. Masalan, kechqurun ishdan keyin devorga kartina osish yoki mebel o‘rnini o‘zgartirish fikri tug‘ilib qolardi. Garchi men e’tiroz bildirib, bu ishni ertasi kuni xizmatchilar bilan qilishlarini so‘rasam-da, Islom Abdug‘aniyevich kutib o‘tirmay o‘zlari ishga kirishib ketardilar.
 
— Birinchi Prezidentimiz hayotiga doir biz bilmagan yana qanday jihatlar bor? 
— Faqat yaqinlari ko‘ra olgan jihatlar xususida ham so‘zlab bersam. Islom Abdug‘aniyevich gul sovg‘a qilishni xush ko‘rar edilar. Oila qurganimizning dastlabki kezlarida ham, keyinchalik Prezident bo‘lganlaridan so‘ng ham bundan bir olam zavq olardilar. Bog‘-hovlida sayr qilib yurganimizda Islom Abdug‘aniyevich hamisha biror gullagan novda yoki chechak topib, menga tuhfa etar edilar. Bu xotiralarni qalbim to‘rida saqlayman...
 
Dam olish kunlari tennis kortidagi mashg‘ulotlardan keyin sheriklar bilan bog‘-hovlida sayr qilib yurgan paytlarimiz ham bo‘lardi. Gohida Islom Abdug‘aniyevich sheriklari uyga borganda o‘z rafiqalariga sovg‘a qilishlari uchun xushbo‘y shumurtdan yoki o‘zlari sevgan rayhondan guldasta qilib berardilar.
 
Hamisha odamlar ko‘ngliga yorug‘lik ulashishni istardilar.
Islom Abdug‘aniyevich qo‘li ochiq inson edilar. Umuman, sovg‘a ulashishni yoqtirardilar. Uyimizda hamisha ko‘plab suvenirlar bo‘lar edi. Biznikiga mehmon kelib, kuzatayotganimizda qo‘llariga tushgan buyumni hadya qilib yuborardilar. Men olib qolishni istagan buyumni sovg‘a qilib yuborsalar, ranjigan paytlarim ham bo‘lgan. Islom Abdug‘aniyevich istaganlarini tuhfa etib yuborishlari mumkin edi. Muhimi – sovg‘a mehmonga yoqsa bas. Bundan esa bir olam mamnuniyat tuyardilar.
 
Talabchan, ammo adolatli inson edilar. O‘zlariga ham, atrofdagilarga ham talabchan edilar. U kishining hayot tarzini, ta’bir joiz bo‘lsa, zohidona deb sifatlash mumkin. Taom tanovul qilishda qanoatli bo‘lib, aslo me’yordan oshmas edilar. Butun umr sportga oshno yashadilar. Hamisha yaxshi sport formasida bo‘lishga intilganlar. Yoshliklarida kurash bilan shug‘ullanganlar. Hayotlarining so‘nggi kunlariga qadar mashq zaliga borishni kanda qilmaganlar. Qolaversa, suzish va tennis bilan shug‘ullanganlar.
 
Odatda, yillik mehnat ta’tillari bir haftadan oshmasdi, shunda ham bu yil bo‘yi olinadigan ikki-uch kunlik qisqa tanaffuslar edi.
 
Biz o‘sha kezlar toqqa, Toshkent yaqinidagi Qaynarsoy maskaniga chiqardik. U kishi mahalliy manzaralarni yaxshi ko‘rar, yurtimiz tabiati go‘zalligini benazir deb hisoblar edilar.
 
Shifokorlarga murojaat qilishni xush ko‘rmas edilar va u kishini biror tibbiy ko‘rikka borish uchun ko‘ndirishim oson bo‘lmas edi. Butun fikru xayollari ish bilan band bo‘lardi.

Islom Abdug‘aniyevich tabiatni yaxshi ko‘rar, borliqni tinglay olar, his qila bilar edilar. Bu zavqni o‘zlari his etib qolmay, yon-atrofidagilar ham undan bahra olishini istardilar. Hatto bunday his-tuyg‘ulardan yiroq odamlar ham vaqt o‘tishi bilan, qayerda bo‘lmasin, bog‘-hovlidami, tog‘dami – tabiatdagi o‘zgarishlarni kuzatish, undan hayrat tuyishni o‘rgandi. Ayniqsa, gullagan daraxtni ko‘rganida Islom Abdug‘aniyevichning kayfiyatlari ko‘tarilardi. U kishi uchun oppoq paxta kabi qiyg‘os gullaydigan gilos va olchadan chiroylisi yo‘q edi. Daraxtlar ko‘klamda ilk barg chiqarganini ko‘rganda xursand bo‘lib ketar, kuzda arg‘uvon tusga kirganida esa hayratga cho‘mar edilar.
 
Bir gal biznikiga ikkita laylak qishlagani keldi, keyinroq ular soni yetmish-saksonga yetdi. Laylaklar nozikta’b emasmi, Islom Abdug‘aniyevich avvalo o‘zlari qushlarga ehtiyotkor munosabatda bo‘lar va boshqalardan ham shuni talab qilar edilar. Deylik, birov laylaklar yoniga borib ularni qo‘rqitsa, qattiq ranjir edilar. Axir, ular o‘ta sezgir va nafis mavjudotlar-da. Kechki qorong‘i osmonda oppoq laylaklarning parvozi hayratomuz manzara edi, albatta.
 
Islom Abdug‘aniyevich uchun oppoq qushlar tinchlik, ezgulik, baxtu saodat va osoyishtalik timsoli edi. Nafaqat o‘zlari, balki butun mamlakat uchun laylaklar o‘ziga xos ramzga aylangani bejiz emas. Bu keyingi yillarda bunyod etilgan me’moriy obidalarda ham aks etgan. Mamlakatning bosh maydoni kiraverishidagi “Ezgulik” arkasini ko‘rib, bunga amin bo‘lish mumkin.
 
— Birinchi Prezidentimiz qanday ota, qanday bobo bo‘lganlari haqida ham so‘zlab bersangiz. 
— Islom Abdug‘aniyevich qorni, alalxusus, birinchi qorni juda yaxshi ko‘rardilar. Qorda farzandlar, keyinroq nabiralar bilan sayr qilish uchun hamisha vaqt topishga intilardilar. Islom Abdug‘aniyevich bolalarni suzish, qo‘rqmay suvga sho‘ng‘ish, velosiped minishga o‘rgatdilar.
 
Kenja qizimiz Lola kichkinaligida uni chanada uchirish va qorbobo yasash uchun ko‘chaga olib chiqar edilar. Kuzda daraxt barglarini to‘plashardi, o‘sha gerbariylar hozirgacha saqlanadi. Yakshanba kunlari esa ular bog‘-hovlida velosipedda uchishardi.
 
Keyinroq Islom Abdug‘aniyevich bog‘-hovli hududida o‘shanday tuganmas zavq ila nabiralar bilan sayr qildilar, ularga ham suzish, velosiped minish va tabiat go‘zalligini his etishni o‘rgatdilar. Bolalar skeytbord va rolikda uchayotganini tomosha qilishni yaxshi ko‘rardilar. Ularning abjirligidan hayratga tushardilar, bu boradagina oddiy kuzatuvchi edilar.
 
Islom Abdug‘aniyevich Prezidentlikka kirishganlaridan keyin yanada band bo‘ldilar va shu bois biror yerga borishga vaqt ham bo‘lmas edi. Umr yo‘ldoshim ishga yanada ko‘proq diqqat-e’tibor qaratgan edilar va oila uchun yanada kamroq vaqt qolgan edi.
 
Taqdir menga butun umr Islom Abdug‘aniyevichga xizmat qilishni nasib etdi. Men turmush o‘rtog‘im ishlashi uchun, ayniqsa, Prezident bo‘lganlaridan keyin imkon qadar kerakli shart-sharoit yaratishga intildim. Negaki, Islom Abdug‘aniyevich uchun ish juda ham muhim ekanini yaxshi bilar edim.
 
U kishi kuchli iroda va xarakter sohibi bo‘lib, juda ko‘p ishlar edilar. Biz oila qurgan kezlarimizda kamolga yetgan inson edilar. Men o‘shandayoq u kishining shaxsiyati ko‘lamini anglagan, murakkab, lekin sharafli bir yo‘lni bosib o‘tishlarini his etgan edim.
 
Men hamisha Islom Abdug‘aniyevichga hamnafas bo‘ldim. Mendan butun umr izlanish, o‘sish, matonatli bo‘lish va tushunishga odatlanish, takomillashish yo‘lidan yurmoq talab etildi. Negaki, umr yo‘ldoshim mudom o‘qib-izlanib yuksak cho‘qqilar sari talpinardilar. Muhabbat bizni birlashtirdi, butun hayot yo‘limizni yoritdi…

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

OTMga davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish ballari belgilandi

2025/2026 ўқув йили учун олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида минимал ўтиш бали ўзгаришсиз қолди.

Islombek Ismoilovga ta’ziya izhor qilamiz

Ўтганларнинг охирати обод бўлсин!

Nazarboyev boylik reytingida Trampdan o‘zib ketdi

Жаҳон сиёсатидаги энг бадавлат раҳбарларнинг ушбу рўйхатига амалдаги ва собиқ давлат раҳбарлари киради.

Dunyoda go‘zal bir xalq borki, uning madaniyati butun dunyo e’tiborini tortmoqda

Дунёда 100дан ортиқ давлат борки, уларнинг ҳар бирига хос тарих, маданият ва миллийлик бор ва булар инсонни ўзига жалб қилади. Дунёда гўзал бир халқ борки, унинг маданияти бугун бутун дунё эътиборини тортмоқда. Сиз Қорақалпоғистон ҳақида билармидингиз?!

Bugundan mijozlarga kredit ajratishda yangi tartib kuchga kiradi

Агар сиз охирги 6 ойда банкдан ҳеч қандай кредит олмаган бўлсангиз ёки илк марта кредитга мурожаат қилаётган бўлсангиз, банк қарз юкини ҳисобламаслиги мумкин.

Isroil Turkiyaning qaroridan bezovta bo‘lmoqda

Шунга қарамай, улар турк ҳаво кучлари сафига қўшилса, Анқаранинг тийиб туриш имкониятларини сезиларли даражада кучайтиради.

Qarisi bor uyning soliq imtiyozi bor

Имтиёзлар пенсия гувоҳномаси асосида берилади.

Hindiston hukumati Sentinel qabilasini ro‘yxatga olishda muammoga duch kelmoqda

Nieuwsblad нашри хабар беришича, гап Бенгал кўрфазидаги Шимолий Сентинел (Андаман ороллари) оролида истиқомат қилувчи сирли халқ — Сентинеллар ҳақида кетмоқда.

Sulton Ali Rahmatov olamdan o‘tdi

Бу ҳақда унинг жияни маълум қилди.

"Men Falastin davlati mustaqilligi g‘oyasini qat’iy qo‘llab-quvvatlayman, biroq..."

Италия бош вазири Фаластин давлати тўлақонли шаклланмасидан аввал уни тан олиш ноўрин эканини айтди.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Jahon chempionlariga qarshi o‘ynaydi

Ўзбекистон терма жамоаси ноябрь ойида Уругвай терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади. Бу ҳақда Championat.asia нашри хабар бермоқда.

AQSh va Britaniya Ukrainaning navbatdagi prezidenti kim bo‘lishi haqida qaror chiqardi

Кутилмаганда, Vogue журнали собиқ бош қўмондоннинг ёқимтой суратини ва у ҳақда катта мақола чоп этди.

Samarqandda xonanda o‘ldirib ketildi (video)

Бу ҳақда "Миллий" телеканалининг "Миллар" кўрсатуви маълум қилди.

Buyuk Britaniya Bosh vazirining bayonoti Isroilni jazavaga tushirib qo‘ydi

Бу ҳақда Исроил ТИВ матбуот хизмати маълум қилди.

Samarqandda ayol xonanda bo‘g‘ib o‘ldirildi

Бу ҳақда “Millar” дастурида, “Milliy TV” телеканалида хабар берилди.

Qo‘qonda xonadonda saqlanayotgan 1 mld so‘mlik pirotexnika vositalari aniqlandi

Кўздан кечириш жараёнида автомашина салонида 16 дона қутиларда жами 900 донага яқин мушак пиротехника воситалари борлиги аниқланди.

Manhettendagi otishmani amalga oshirgan shaxs aslida Milliy futbol ligasi (NFL) ofisiga hujum qilmoqchi bo‘lgan

"Тамуранинг ёнидан хат топилган топилган.

Xakerlar Fransiyaning yadroviy sirlarini o‘g‘irladi

Бу ҳақда France3 телеканали хабар берди.

“Qo‘ziqorin bino” mashmashasi: yetarli maxsus texnikalar bo‘lmaganligi sababli, ijro haraktlari bir necha bor to‘xtatilgan edi

2025 йилда давлат ижро органлари суд қарорини бажаришга киришди. Айни пайтда махсус техникалар жалб этилган, бино қисмларининг бузилиши бошланган.

Ustyurtda haydovchi g‘oyib bo‘lganmi?

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги томонидан олиб борилган қидирув ишларидан сўнг икки кун деганда юк машинасининг ўзи топилган.

Namanganda ikki bola Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketdi

Ўсмирлардан бирининг жасади 26 июл куни топилган. Иккинчи ўсмирнинг жасади олти кундирки қидирилмоқда.

Taniqli o‘zbek sportchisi Shavkat Rahmonovning oilasi falokatga uchragani aytilmoqda

Ҳодиса натижасида икки йўловчи воқеа жойида вафот этган.

AQSh G‘aznachilik departamentini tunamoqchi bo‘lishdi

Гумонланувчига чегарани бузиш айби қўйилган.

«O‘zga sayyoraliklar yo‘lda»

Аммо баъзи тадқиқотчиларнинг фикрича, бу ниқобланган ўзга сайёраликлар кемаси бўлиши мумкин.

Turkiyada o‘rmonlarga ataylab o‘t qo‘yish holatlari aniqlandi — Turkiya Ichki ishlar vaziri

Сўнгги маълумотларга кўра, Туркиядаги кенг кўламли ўрмон ёнғинлари сайёҳлар орасида машҳур бўлган Бодрум, Мармарис ва Манавгат ҳудудларига яқинлашган

Tailand–Kambodja mojarosi turistik hududlarga yaqinlashmoqda

Таиланд ва Камбоджа ўртасидаги қуролли тўқнашувлар машҳур сайёҳлик шаҳарлар — Паттайя ва Бангкокдаги туризм салоҳиятига таҳдид солмоқда.

Samarqandda yangi Tracker yonib ketdi

Хабарга кўра, воқеа жойига 1 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 16:43 да етиб бориб, ёнғин соат 16:53 да ўчирилган.

Tailand va Kambodja o‘rtasidagi janglar dengizbo‘yidagi kurortlarga yaqinlashdi — OAV

Бу ҳудудлар Бангкокдан атиги 200 км, машҳур Паттая курортидан эса 150 км узоқликда жойлашган.

Eronda jangarilar sud binosiga hujum uyushtirdi, qurbonlar bor

Маълумотларга кўра, суд биноси ташқарисида ҳам отишмалар бўлган, бино атрофидаги йўловчилар ҳам ўққа тутилган.

Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Адвокат маҳкумни қамоқдан чиқариш эвазига 30 минг доллар сўраган.

Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxs Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Бу ҳақда Озарбайжон Бош прокуратураси хабар берди.

Qashqadaryoda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs qo‘lga olindi

У ушбу таълим учун ҳар бир ўқувчидан 100 АҚШ доллари миқдорида тўлов олган.

Filippindagi toshqinlar oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi

Яна 11 киши бедарак йўқолди хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Россиянинг «Ангара» авиакомпаниясига тегишли Ан-24 самолёти 24 июл куни Амур вилоятида ҳалокатга учради.

Gresiyada yirik o‘rmon yong‘ini: bir nechta qishloq aholisi majburan evakuasiya qilindi

Грециядаги қаттиқ иссиқлик фонида яна бир йирик ўрмон ёнғини келиб чиқди — бу сафар Коринф шаҳри яқинида, жанубий муниципалитетдаги тоғли ҳудудда. Ҳокимият маълумотларига кўра, ёнғин тез суратда тарқалган ва маҳаллий аҳоли ўз уйларини шошилинч тарк этишга мажбур бўлган.

АҚШ Гарвард университетининг чет эллик талабалар учун визага ҳомийлик қилиш ваколати устидан тергов бошлади

Бу ҳақда АҚШ давлат котиби Марко Рубио ижтимоий тармоқда ёзди.

Ғазода очлик хавфи: 100 дан ортиқ инсонпарварлик ташкилоти огоҳлантирди

Ғазо секторидаги очлик хавфи борасида “Save the Children”, “Chegarasiz шифокорлар” каби йирик ташкилотлар ҳам иштирок этган 100 дан ортиқ инсонпарварлик гуруҳи қўшма баёнот билан чиқди.

Украинада коррупцияга қарши органлар ваколатлари чекланишига қарши норозилик намойишлари ўтказилди

Украина пойтахти Киев ва мамлакатнинг бир қатор шаҳарларида "Миллий коррупцияга қарши кураш бюроси" (НАБУ) ҳамда "Махсуслаштирилган коррупцияга қарши прокуратура" (САП) ваколатларини чекловчи қонунга қарши оммавий норозилик намойишлари бўлиб ўтди.

Россия ва Украина учрашувларининг учинчи раундида тинчлик шартлари муҳокама қилинади

Истанбул Россия ва Украина ўртасида 2022 йил 24 февралда бошланган урушни тугатиш мақсадидаги тўғридан-тўғри музокаралар майдони бўлиб қолмоқда. Томонлар учинчи раундни ўтказишга ўзаро розилик берган.

Ғазода Исроил ҳужуми оқибатида 8 нафар фаластинлик ҳалок бўлди

Бу ҳақда WAFA ахборот агентлиги хабар берди.

Ер тезроқ айлана бошлади – тадқиқот

Сайёра тезроқ айланмоқда, 10 июль йилнинг энг қисқа куни бўлди, у стандарт 24 соатдан 1,36 миллисонияга камроқ давом этди. Бу ҳақда DW халқаро Ер айланиш хизмати ва АҚШ ҳарбий-денгиз обсерваториясига таяниб хабар бермоқда.

Ангренда 14 ёшли қиз 4 нафар йигит томонидан зўрланди

Мазкур ҳолат Болалар омбудсмани ва Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги томонидан алоҳида назоратга олинган.

Ўзбекистонликлар 1 миллиарддан ошиқ пулини Лабубуга ишлатиб юборишди

Жаҳон маркетплейсларида мазкур ўйинчоқ 22 доллардан 900 долларгача сотилмоқда. Миллий маркетплейсда эса мазкур ўйинчоқларни 45 минг сўмдан топиш мумкин.

Тошкент вилоятида ЙПХ машинаси иштирокида ЙТҲ юз берди

ЙҲХБ хабарига кўра, ҳар иккала ҳолатда ҳам ҳаракат иштирокчиларининг соғлиғига зиён етмаган.

Украинада Mirage 2000 қирувчи самолёти қулаб тушди

Украина ҳарбийларининг маълумотига кўра, парвоз вақтида авиация техникасида носозлик юзага келган.

Тошкентда самолёт бортида йўловчи аёлга шаҳвоний шилқимлик қилган эркак қамалди

Аёл эса эркакка бу ҳаракатларини тўхтатишини ва ўзини тўғри тутиши кераклигини айтишига қарамасдан, у ўз ҳаракатларини давом эттирган.

Қибрайда қурилиш моллари дўконида ёнғин чиқди

Хабарга асосан, ёнғинни ўчириш учун 5 та ёнғин-қутқарув экипажлари соат 10:57 да воқеа жойига бориб, 11:17 да ўраб олинган ва ёнғин соат 11:50 да тўлиқ ўчирилган.

Исроил Россияни Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб беришдан тийилишга чақирди

Исроил молия вазири Элькин Россиядан Эронга ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини етказиб бермасликни сўради.

Россия радикал каналларга обуна бўлган хорижлик фуқароларини мамлакатга киритмаяпти

Россия чегарачилари сўннги пайтларда Ўзбекистон ва Тожикистон фуқароларини радикал диний каналларга обуна бўлгани учун мамлакатга киритишдан бош тортмоқда. Бу ҳолат ТАСС агентлиги ўрганган 20 дан зиёд суд материалларида қайд этилган.

Эрондаги жазирама сув ва электр танқислигига олиб келди

Эронда кузатилаётган ғайритабиий иссиқ об-ҳаво туфайли сув омборларидаги сув сатҳи сўнгги бир асрдаги энг паст даражага тушди. Бу эса мамлакат бўйлаб сув ва электр таъминотида жиддий узилишларга сабаб бўлмоқда.

Исроил мудофаа кучлари сўнгги 24 соат ичида Ғазода ҲАМАСга тегишли ўнлаб манзилларни йўқ қилди

Бу ҳақда “Report” нашри IDF матбуот хизматига таяниб хабар қилди.

Эрдўған: Ғазодаги геноцидга сукут қилиш – жиноятга шерикликдир

Туркия Президенти Ражаб Тоййиб Эрдўған Истанбулда бўлиб ўтаётган IDEF-2025 мудофаа кўргазмасида нутқ сўзлар экан, Ғазода рўй бераётган воқеаларга нисбатан жаҳон ҳамжамиятининг сукутини қаттиқ танқид қилди.

Трамп: Обама ва демократлар Россиянинг 2016 йилги сайловларга аралашуви ҳақидаги ишни сохталаштирган

АҚШнинг собиқ президенти Дональд Трамп Барак Обамани 2016 йилги президентлик сайловларида Россия уни қўллаб-қувватлагани ҳақида жамоатчилик фикрини атайлаб шакллантирганликда айблади.

Ўзбекистонда ёзги электр истеъмоли қишки кўрсаткичдан ҳам ошиб кетди

2025 йил 16–21 июль кунлари давомида кузатилган жазирама иссиқ сабабли мамлакатимиз энергетика тизимида янги тарихий рекорд қайд этилди.

ДХХ: 22 кг.дан ортиқ гиёҳвандлик воситалари мусодара қилинди

Ҳозирда барча ҳолатлар юзасидан мазкур шахсларга нисбатан жиноят ишлари қўзғатилиб, қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилди.