Ta’lim: katta o‘quv yuki sifat garovi emas

Ta’lim: katta o‘quv yuki sifat garovi emas

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekiston maktablarida o‘quv yuklamasini aniqlashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazdi.

Tadqiqot davomida quyidagi natijalar olindi:

1. O‘zbekistonda o‘quvchilar boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha ko‘p o‘qiydi. Ular uchun haftalik o‘rtacha yuklama 28,2 soatni tashkil qiladi.

2. O‘zbekistonlik o‘quvchilar matematika fani bo‘yicha nisbatan kamroq tahsil oladi.

3. O‘zbekiston maktablarida o‘quv rejasiga ko‘ra ijtimoiy va amaliy fanlarga ko‘proq vaqt ajratiladi.

4. Mamlakatimizda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni 11,9 nafarni tashkil etadi.

5. O‘zbekistonlik o‘qituvchilari uchun dars soatlari boshqa mamlakatlardagidan jiddiy farq qilmaydi, ammo o‘qitish kunlari ancha ko‘p.

PMTI mutaxassislari tadqiqot davomida ota-onalar o‘rtasida so‘rov ham o‘tkazdi (N=203). Uning natijalari quyidagicha bo‘ldi:

- ko‘pchilik ota-onalarning (61,1%) fikriga ko‘ra, bola uchun o‘quv yukining intensivligi maqbul darajada. Ota-onalarning 25,1% i o‘quv yukini yuqori, 13,8% i esa past, deb hisoblaydi;

- ota-onalarning 38,4% i maktablarda berilayotgan bilim darajasidan qoniqmaydi, 12,8% i farzandlarining bilim darajasini yuqori, deb baholaydi, 48,8% i kelajakdagi kasblar uchun yetarli, deb hisoblaydi;

- aksariyat ota-onalar repetitor xizmatidan faol foydalanadi: tizimli ravishda - 40,9%, ba’zan - 34,5%, foydalanmaydi - 24,6%;

- ko‘pgina ota-onalarning (59,1%) fikriga ko‘ra, maktablarning o‘quv rejasida maktabdan tashqari mustaqil ravishda o‘rganish mumkin bo‘lgan fanlar mavjud.

Ekonometrik tahlil natijalariga ko‘ra, ta’lim sifatiga birinchi navbatda bolaning bilim olishga qiziqishi va bilim darajasi ta’sir qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!