Talaba-o‘quvchilar diqqatiga: Chiptalarni almashtirishda karantin talablariga rioya etaylik!

Talaba-o‘quvchilar diqqatiga: Chiptalarni almashtirishda karantin talablariga rioya etaylik!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kecha 2022 yil 6 yanvar kuni, oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik liseylar talaba-o‘quvchilarining qishki ta’til muddati ikki haftaga uzaytirilishi to‘g‘risida e’lon qilindi.

️Shu bilan birga, talaba va o‘quvchilarning o‘z uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia va poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma muddati 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirilgani ham ta’kidlandi. Shu munosabat bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ kecha, ya’ni 2022 yil 6 yanvar kuni, talabalar tomonidan sotib olingan chiptalarni almashtirish tizimi 2022 yil 7 yanvardan boshlab joriy etilishi to‘g‘risida ma’lum qilindi.

Bugun esa, ko‘plab hududiy temir yo‘l kassalarida xarid qilingan chiptalarni almashtirmoqchi bo‘lgan talaba-o‘quvchilarning gavjum holati kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati murojaat bilan chiqdi.

Murojaatda oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik liseylar talaba-o‘quvchilaridan barcha hududiy temir yo‘l kassalariga murojaat qilishda karantin talab va me’yorlariga rioya etishlari so‘ralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, respublikamizdagi barcha temir yo‘l kassalari kechayu kunduz ishlaydi va chiptalar hech qanday qo‘shimcha to‘lovlarsiz almashtiriladi. Xarid qilingan barcha chiptalar almashtirilib, hech kim joysiz qolmaydi, chunki barcha poyezdlarda chiptalarni qayta rasmiylashtirish uchun kerakli miqdordagi o‘rindiqlar mavjud. Bundan tashqari, zaruriy chora sifatida qo‘shimcha poyezdlar yo‘lga qo‘yiladi!"


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!