Talaba karantin davrida to‘lov-shartnoma pulini to‘lamasa o‘qishdan haydaladimi yoki?..

Talaba karantin davrida to‘lov-shartnoma pulini to‘lamasa o‘qishdan haydaladimi yoki?..

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori, fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent Orifjon Bozorov savollarga javob berdi.

– Talaba karantin davrida barcha fanlarni o‘zlashtirsa va to‘lov-kontrakt pulini to‘lamasa nima bo‘ladi?

– Bunday holatda talaba qachon to‘lov-kontrakt pulini to‘liq to‘lagandan so‘ng kursdan-kursga ko‘chiriladi. Kontrakt pullarini to‘lashga imkoni bor talabalar to‘lovni amalga oshirganlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sababi, yangi o‘quv yili uchun to‘lov va to‘lanmagan bahorgi semestr uchun to‘lov pullarini birgalikda to‘lash ota-onalar uchun qiyinchilik tug‘diradi.

Shuningdek, to‘lovlarni to‘liq amalga oshirmagan bitiruvchi kurs talabalari shartli ravishda istisno tariqasida yakuniy nazoratlarga kiritilishi mumkin, lekin ularga o‘quv yili uchun belgilangan to‘lovni to‘liq amalga oshirganlaridan so‘ng oliy ta’lim muassasasini tugatganligi to‘g‘risidagi tegishli diplom beriladi.

– Qo‘shni davlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirgan talabalar mamlakatimiz oliy o‘quv yurti talabalari safiga qachon qabul qilinadi?

– Hozirda qo‘shni davlat OTMlaridan kelgan talabalarga masofaviy ta’lim platformasidan foydalanishga ruxsat berildi. Shuningdek, qo‘shni davlat OTMlaridan talabaning o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, ular fanlar farqini topshiradi va to‘lov-kontrakt pullarini amalga oshirganlaridan keyin talabalar safiga qabul qilinadi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!